O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tbilisiga rasmiy tashrif bilan borib, Gruziya hukumati rahbari Irakliy Garibashvili bilan uchrashdi. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2023−2024-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturini imzoladi.
Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vazirini qabul qildi. Irakliy Garibashvili O‘zbekistonni nafaqat ishonchli hamkor, balki do‘st deb ham atadi. O‘zbekiston Gruziyaning tranzit salohiyati, jumladan, yuklarni eksport va import qilishda Batumi va Poti portlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston va Gruziya transport-tranzit sohasida hamkorlik uchun salmoqli salohiyat mavjudligini ko‘rmoqda, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari uchrashuvda yuklarni tashishda o‘zaro chegirma va imtiyozlar berish muhimligini ta’kidladilar.
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili hukumat delegatsiyasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi. U rasmiylar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting